O'zbekiston Respublikasi haqida umumiy ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyoda joylashgan bo’lib, umumiy maydoni 448,9 ming km.kv.ni tashkil etadi. Respublika hududi sharqdan g‘arbgacha 1425 km ni, shimoldan janubgacha esa 930 km ni tashkil etadi.

Respublika shimolda va shimoliy-sharqda Qozog'iston, sharqda va janubiy-sharqda Qirg‘iziston va Tojikiston, g‘arbda Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaradoshdir. Davlat chegarasining Afg'‘oniston bilan uzunligi – 137 km, Qozog'iston – 2203 km., Qirg‘iziston – 1099 km., Tojikiston –1161 km. va Turkmaniston bilan – 1621 km ni tashkil etadi (O'zbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilishi).

O‘zbekiston Respublikasi 1991 yilning 1 sentabrida mustaqillikni qo‘lga kiritgan. Bugungi kunda mamlakatimiz dunyoning 134 ta davlati bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatgan. Toshkent shahrida 45 ta chet el davlatlari elchihonalari va konsulliklari, bir qator xorijiy tashkilotlar vakolathonalari, savdo uylari faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik va konsullik vakolathonalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.