UYAJ rahmabiridan so'z
Khasanov Jurabek
1991-yilda O‘zbekistonda tug‘ilgan
2012-yilda Tokyo Riverside Gakuen maktabini tamomlagan
2016-yilda Aoyama Gakuin universiteti Xalqaro siyosat va iqtisodiyot fakultetini tamomlagan
Hozirgi holat:
2016-yilda NEC Corporation (Nihon Denki Kabushiki-gaisha) kompaniyasiga ishga kirgan
2018-yilda Yaponiyadagi O‘zbekiston yoshlar assotsiatsiyasi raisi
Men 2010-yilda Yaponiyaga keldim. Tokyo Riverside Gakuen maktabini tamomlaganimdan keyin Aoyama Gakuin universiteti Xalqaro siyosat va iqtisodiyot fakultetiga o‘qishga kirdim va universitetda xalqaro siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishida tahsil oldim. Maktabning geografiya darsida dunyo xaritasida kichik joy olgan Yaponiyani ko‘rib, uning iqtisodiy kuchi va texnologik yutuqlariga qoyil qolganman. Shu orqali Yaponiyaga qiziqishim ortdi va O‘zbekistonni Yaponiyaga o‘xshab rivojlangan davlat qilish orzusi bilan Yaponiyaga o‘qishga kelishga qaror qildim.
Umumiy qabul qilingan huquqiy shaxs sifatida Yaponiyadagi O‘zbekiston Yoshlar assotsiatsiyasi Yaponiyadagi o‘zbeklarga yordam berish, shuningdek, Yaponiyaning O‘zbekiston bilan har qanday sohadagi aloqalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan. Hozirda Yaponiyada 7000 ga yaqin o‘zbekistonlik yashab, o‘qish va ishlashmoqda. Insonlar bir-biriga bog‘lanib, bu aloqalar tashkilotlar va davlatlar o‘rtasida rivojlanadi. Men shaxsan har bir Yaponiyadagi o‘zbekistonlikning o‘sishi va Yaponiya jamiyati bilan mustahkam aloqalar o‘rnatishi davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar uchun asos bo‘ladi deb ishonaman. Kelgusida Yaponiyadagi O‘zbekiston Yoshlar assotsiatsiyasi jamoasi sifatida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish yo‘lida birgalikda mehnat qilamiz, va barcha qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman.